Uchrashuvda, shuningdek Hukumatlararo Hamkorlik Xizmatining Oʻzbekistondagi Loyihalar menejeri Maykl Gallaxer ham (onlayn) ishtirok etdi. Hukumatlararo Hamkorlik Xizmati (GPI) – Buyuk Britaniya hukumatining boʻlinmasi boʻlib, chet eldagi hamkor hukumatlarga fuqarolar uchun yaxshiroq davlat xizmatlarini koʻrsatishda koʻmak koʻrsatuvchi tashkilot hisoblanadi.
Uchrashuv yakunida Agentlik, Buyuk Britaniyaning Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonasi va Hukumatlararo Hamkorlik Xizmati oʻrtasida oʻzaro anglashuv Memorandumi imzolanib, tomonlar kelgusida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.
Memorandum doirasida davlat organlari hisobdorligini oshirish, ochiqlik va shaffofligini taʼminlash, davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etish hamda idora faoliyatida maʼlumotlar bilan ishlash va samarali boshqaruv kabi masalalar boʻyicha hamkorlik qilinadi, deb xabar beradi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati.