Agentlik Axborot xizmati maʼlum qilishicha, Markaz quyidagi yoʻnalishlarda oʻz faoliyatini olib boradi:
– sunʼiy yoʻldosh apparatlari orqali Yerni masofadan zondlash, uning maʼlumotlarini qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va uzatish;
– kosmik sohaga oid xizmatlarni koʻrsatish;
– kosmik sohaga ilmiy va innovatsion texnologiyalarni keng jalb etish maqsadida mazkur sohadagi ilmiy va innovatsion ishlarni amalga oshirish;
– kosmik va geoaxborot texnologiyalari, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida iqtisodiyot tarmoqlari, mudofaa va xavfsizlik sohalari hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirishga koʻmaklashish.
Shuningdek, Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, jismoniy va yuridik shaxslarga kosmik monitoring, sunʼiy yoʻldosh hamda uchuvchisiz uchish apparatlari orqali Yerni masofadan zondlash maʼlumotlarini taqdim etish va kosmik sohaga oid boshqa xizmatlar koʻrsatish vakolatlariga ega.