Mahbuba opaga viloyat hokimi Zoyir Mirzayev “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan 30 million so'm mablag' ajratilishini ma'lum qildi. ertaga farzandlari Qarshi shahriga kelib, kiyim-bosh olib berishda homiylik qilishini bildirgan viloyat rahbarlari bilan do'kon ham aylanishadi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari D.Nabiyevning qo'shimcha qilishicha, oilani tuman hokimi A.Boyqaraev ham doimiy otaliqqa olgan. Karantin davri boshlanganidan buyon "Saxovat va ko'mak" jamg'armasi hisobidan ularga doimiy oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berilgan. Shuningdek, savobtalab tadbirkor R.Umarov homiyligida oilaga sigir va buzoq ajratilgan.
Ko'ngli yarim bolalarga mehr qo'lini cho'zgan oila Davlatimizning ham doimiy e'tiborida bo'ladi.