Rospotrebnadzor markaziy epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti genomik tadqiqotlar laboratoriyasi rahbari Komil Hafizov TASS agentligiga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi.
Unga ko‘ra, “kraken” genomi ikki qismdan iborat bo‘lib, ulardan biri “kentavr”ga (BA.2.75), ikkinchisi — “omikron”ning boshqa subvarianti (BA.2.10.1)ga tegishli. Bu esa virusga covid infeksiyasi yoki emlashdan keyin paydo bo‘lgan immunitetni qisman mag‘lub etishga imkon beradi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, “kraken” keltirib chiqaradigan kasallik O‘RVI kabi yengil o‘tadi.