Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Sirdaryo viloyatida oʻtkazilgan oʻrganishda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlarning maqsadsiz ishlatilayotganligi, taʼminotchi korxonalar tomonidan fuqarolarga yetkazib berilishi mumkin boʻlgan tovarlarni xarid qilmaganligi holatlari aniqlandi. 

Xususan, Boyovut tumani hokimi yordamchisi T.Jning taʼsischiligida 3 ta tadbirkorlik subyekti tashkil etilgan boʻlib, shundan “B.L.B.» MCHJga 12 holatda fuqarolarning 371,5 mln.soʻm kredit mablagʻlari oʻtkazib berilgan va ushbu mablagʻlar maqsadsiz yoʻnaltirilgan.

Oʻrganish natijalari boʻyicha toʻplangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi va prokuratura tomonidan mazkur holat boʻyicha tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi. 

Unga koʻra, Boyovut tumani hokim yordamchisi T.J.ga va boshqalarga nisbatan 03.11.2022-yilda JKning 167-moddasi 2-qismi «v», «g» bandlari va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.