Kredit qarzlarini to'lamagan fuqaroning “Cobalt” rusumli avtomashinasi auksion sotuvlariga qo'yildi

    Fuqaro bir vaqtning o'zida bir nechta bankdan qarzdor bo'lgan.

    Majburiy ijro byurosi Furqat tuman bo'limi ish yurituvida FIB O'zbekiston tumanlararo sudining qarorlariga asosan qarzdor D.R. bo'yicha ish ko'rildi. Unda ATB “Mikrokreditbank” foydasiga 14 million 407 ming 466 so'm kredit, AT “Savdogarbank” foydasiga 28 million 741 ming 900 so'm, TIF “Milliybank” foydasiga 54 million so'm kredit qarzlarini, shuningdek, Qo'qon shahar IIB YYXBning tegishli qaroriga asosan 122 ming 500 so'm ma'muriy jarima undirish haqidagi ijro hujjatlari bo'yicha davlat ijrochisi tomonidan bir necha bor ogoxlantirilgan. Shunga qaramay, qarzdor to'plangan qarzlarini bartaraf etish choralarini ko'rmagani sababli unga tegishli bo'lgan “Cobalt” rusumli avtomashina xatlanib, “E-auksion.uz” elektron savdo platformasiga qo'yilgan edi.

    Bugun auksion savdo natijasiga ko'ra avtomashina 90 million 461 ming 748 so'mga sotilib, sotuvdan tushgan mablag' qarzdorning kredit qarzlarini, ma'muriy jarimalar hamda ijro yig'imlarini qoplashga qaratildi va ijro hujjatlari tamomlandi.