Fuqaro “Chorsu kompleks” MCHJ “Qishloqqurilishbank” Qo'qon filiali foydasiga 4.290.830.600 so'm kredit qarzini to'lashi kerak edi va bu summa Qo'qon tumanlararo iqtisodiy sudining 28.05.2021 yildagi qaroriga ko'ra belgilangan.
Ijro hujjati bo'yicha Majburiy ijro byurosining Qo'qon shahar bo'limi tomonidan qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan. Lekin, qarzdor bank oldidagi qarzini bartaraf etish chorasini ko'rmagach, qarzdor tomonidan garovga qo'yilgan jamiyatga tegishli bo'lgan bino va inshootlar xatlanib, elektron onlayn-auksionga savdoga qo'yilgan.
Auksion savdolarida bino-inshootlar 2.574.000.000 so'mga sotilib, ushbu mablag'ning 2.485.033.388 so'mi bank foydasiga kredit qarzdorligi hisobiga o'tkazildi, 85.816.612 so'm ijro yig'imi va 3.150.000 so'm qo'shimcha jarima uchun o'tkazilishi ta'minlandi.