Maqsad universitet talabalari oʻrtasida kriket sport turini ommalashtirish, shu orqali iqtidorli sportchi yoshlarni kashf etish, kriket boʻyicha musobaqalar tashkil etish.

Memorandumni imzolash tadbirida Oʻzbekiston kriket federatsiyasi raisi Aziz Mixliyev, universitetning ilmiy ishlar va inovatsiyalar boʻyicha prorektori Komil Bayazitov, gandbol, tennis, badminton nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri Shuhrat Toʻlaganov, proffesor-oʻqituvchilar, talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Federatsiya va universitetning oʻzaro kelishuvi doirasida kriket boʻyicha mutaxassislarini jalb etgan holda qisqa oʻquv koʻrslarini tashkil etish, kriket sport turiga oid ilmiy risolalar chop etishni yoʻlga qoʻyishga ham kelishib olindi.

– Kriket sport turi mamlakatimizda hali yangi sport turlari qatoriga kiradi, ammo biz uni yoshlar orasida ommalashtirib, koʻp yutuqlarga erishamiz. Shuningdek, kriket sport turini rivojlantirish orqali turizmga ham keng yoʻl ochamiz. Osiyo oʻyinlarida ishtirok etish rejamiz ham bor, – dedi Aziz Mixliyev.

Taʼkidlash joiz, Oʻzbekiston kriket federatsiyasi mamlakatimizda 2019-yil noyabr oyidan faoliyatini boshlagan.