Ularni dollar, evro kabi boshqa val`yutalar bilan taqqoslash mumkin bo'lsada, ular o'rtasida ayrim farqlar bor. eng asosiysi ushbu pullar elektron pullar bo'lib, faqat internet tarmog'idagina aylanadi va haqiqiy vujudga ega emas.
Bitkoinlar orqali tarmoq foydalanuvchilari o'rtasida moliyaviy muomalalar, elektron imzolar yuritilib, unda shaxslar orasida hech qanday ushbu muomalalarni tartibga soluvchilarsiz, to'g'ridan-to'g'ri shifrlash orqali amalga oshiriladi. Bunda valyuta bir foydalanuvchining hisobidan boshqa foydalanuvchining hisobiga birdaniga, hech qanday to'lov xizmatlarisiz, hatto bank va unga o'xshash vositachilarsiz o'tadi.
Bu xizmatlar butun dunyo bo'ylab mavjud bo'lib, har xil shart va talablardan xoli hamda hech qanday to'siqlarga yo'liqmaydi. Qachon pulga ega bo'linsa, uni elektron hamyonda saqlab qo'yiladi. Keyin ularni turli internet xaridlariga ishlatish mumkin. Dollar, evro kabi valyutalarga ayirboshlash ham mumkin. Bunda bitkoinlarga ega bo'lgan foydalanuvchi ularni sotib olmoqchi bo'lgan haqiqiy valyutasi bor boshqa bitkoin olishni istovchi foydalanuvchi bilan bitim tuzadi. Bitim o'zaro kelishuv asosida tuziladi. Demak, kelishuv narxini foydalanuvchilar belgilashadi. Shuning uchun bitkoinlarning narxi xuddi haqiqiy valyuta kabi bozorga bog'liq ravishda o'zgarib turadi.
Bitkoinlar an'anaviy valyutalardan farqli ravishda oltin yoki kumush kabi qimmatbaho metallardan tayanchi bo'lmaydi. Balki ularni foydalanuvchilarning o'zlari ishlab chiqarishadi. “Foydalanuvchi” deganda internet tarmog'iga ulangan komp`yuterga ega bo'lib, bitkoin bilan muomala qilish istagida bo'lgan shaxs tushuniladi. Bu ish komp`yuterga maxsus ilovani yuklab olingandan so'ng sekin-asta kriptoval`yutalar chiqarishni (mining) boshlash orqali yo'lga qo'yiladi. Ushbu jarayonni ishlatish vositasida foydalanuvchi ma'lum miqdordagi bitkoin elektron pullarga ega bo'ladi. Bu pullar unga komp`yuteriga o'rnatilgan ilovaning hisob imkoniyatlarini yangi valyuta ishlab chiqarishda foydalana olishi natijasida keladi.
Shunday qilib har bir foydalanuvchi qoshida muayyan miqdordagi kriptoval`yutalar tug'iladi. Ularni foydalanuvchilar o'rtasida ma'lum algoritm asosida taqsimlanadiki, bunda bozorda mavjud bitkoin valyutalarining umumiy qiymati 21 million bitkoindan ortib ketmasligi kerak. Shuningdek, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'lgan komp`yuter egalariga valyutalardan jihozlarining ishlab chiqarish limitiga mos ravishda ko'proq tegadi.
Bu yo'l bilan mol orttirish, ya'ni, maynerlik ortidan pul topish masalasiga kelsak, “vasila (ya'ni, bir maqsadga olib boruvchi narsa)ga maqsadning hukmi beriladi”, degan fiqhiy qoidaga binoan, uning hukmi bitkoinlarni ishlatish hukmidan kelib chiqadi. Bitkoinlar borasidagi hozirgi zamon ulamolarining fikrlariga qaralsa, Misr Arab Respublikasidagi "Dorul-ifto" (fatvo uyi)ning fikriga ko'ra Bitkoin haromdir. Chunki mazkur pullar haqiqiy asosga ega bo'lmagan virtual pullar bo'lishligi bilan birga shaxslar va hattoki davlatlar miqyosidagi xatarlardan xoli emasdir.
Saudiya Arabistonidagi "Hay'ati kiboril-ulamo" (Katta ulamolar hay'ati)ga ko'ra ham mazkur valyutalar bilan muomala qilish harom. Chunki Islomda harom qilingan qimor va turli xatarga asoslangan o'yinlardagi aldanish darajasi bitkoinlar bilan muomala qilishdagi xatardan kam.
Yuqoridagilardan bugungi kunda olimlarimiz tomonidan bitkoinlar bilan muomala borasida ruxsat yo'qligi ma'lum bo'lmoqda, deb xabar bermoqda O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay'ati.