Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Qo'qon shahar bo'limlari tomonidan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.N. va SH.T.lar o'zaro til biriktirib, fuqaro R.M.ga 20 dona “Tramadol Lannaxer 50mg” dori vositasini 360 ming so'mga hamda kuchli ta'sir qiluvchi 14 dona “Lirika 300mg Pregabalin” dori vositasini 540 ming so'mga hisoblab, jami 900 ming so'mga sotayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan R.N. va SH.T.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 2511-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.