Kuniga 9 soatdan koʻp uxlash insultga sabab boʻlishi mumkin — tadqiqot

    Islandiyalik olimlarning tadqiqotiga koʻra, kuniga 9 soatdan koʻp uxlaydigan odamlarda insult xavfi 85 foizgacha oshadi.

    Olimlar olti yil davomida tadqiqot ishtirokchilarini kuzatib, ularning uyqu tartibi va kasallik tarixi haqida maʼlumot toʻpladi. Natijalar kuniga toʻqqiz soatdan ortiq uxlaydigan (ishtirokchilarning 24 foizi) yoki kunduzi 90 daqiqadan koʻproq dam oladigan (ishtirokchilarning 8 foizi) odamlarda insult xavfi yetti-sakkiz soat uxlaydigan odamlarga nisbatan 85 foiz yuqori ekanini koʻrsatdi.

    Olimlarning taʼkidlashicha, haddan tashqari koʻp uxlash qon-tomir kasalliklari rivojlanishi xavfini oshiradi. Tungi uyqu davomiyligi tavsiya etilgan meʼyordan oshgan ishtirokchilarda insult xavfi 23 foizga ortgan. Uzoq muddatli kunduzgi uyqu ham xavfli boʻlib chiqdi: tadqiqotda bir yarim soatdan ortiq dam olish qon-tomir kasalliklari ehtimolini 25 foizga oshirgan.