Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 900 dan ortiq yosh polvonlar ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko'ra, bel olishning halqa chalish yo'nalishida Temur Erkinov (Jizzax, 24 kg.), Nodirbek Tohirov (Farg'ona, 26 kg.), Bekmurod Tojiboev (Farg'ona, 28 kg.), Abbosjon Sanaev (Sirdaryo, 30 kg.), Behruz Abdaliev (Sirdaryo, 32 kg.), Sodiq Egamberdiev (Sirdaryo, 35 kg.), Azizbek Begaliev (Sirdaryo, 38 kg.), Zafar Xolmurodov (Surxondaryo, 41 kg.), Umidjon Saydinov (Sirdaryo, 44 kg.) va Davlatbek Jabborov (Sirdaryo, 50 kg.) g'olib bo'ldi. Mutloq vaznda esa surxondaryolik Kamronbek Jo'raev birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
Bu yo'nalishdagi qizlar o'rtasidagi bahslarda Nargiza Niyatullaeva (Qoraqalpog'iston, 25 kg.), Malika Omonova (Qashqadaryo, 30 kg.), Parvina Egamberdieva (Sirdaryo, 35 kg.), Sevinch Omonova (Surxondaryo, 40 kg.) va Xadicha Jumaeva (Surxondaryo, + 40 kg.) shohsupaga ko'tarildi.
Uch kurashning yaktaksiz yo'nalishida Eminjon Mo'minjonov (Toshkent vil., 22 kg.), Muhammadali Karimov (Andijon, 26 kg.), Zafar Muhammadjonov (Andijon, 30 kg.), Sardorbek Turg'unov (Andijon, 35 kg.), Zoyidjon Karimjonov (Namangan, 41 kg.), Begis Safarboev (Qoraqalpog'iston, 47 kg.) va Abdulaziz Xolmirzaev (Toshkent vil., 54 kg.) chempion bo'ldi.
Shuningdek, qizlar bellashuvida Suvlola To'xtamurodova (Buxoro, 25 kg.), Surayyo Jo'raqulova (Buxoro, 35 kg.) g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Kuchli uchlikdan joy olgan g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.