Al-Kuvaytda oʻtkazilgan Oʻzbekistonning investitsiyaviy, eksport va turistik salohiyatiga bagʻishlangan koʻrgazma doirasi boʻlib oʻtgan tashrif davomida Kuvaytning 20 dan ortiq kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar uyushtirildi.
Jumladan, “Gulf General Trading Co. Ltd.” kompaniyasi rahbari Iyad Solih va “Marafie Group” xolding korporatsiyasi boshqaruv kengashi raisi Abdufattah Maʼrafiy bilan Sergeli tumaniga xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha samarali uchrashuvlar oʻtkazildi.
Muzokaralar natijasida “Gulf General Trading Co. Ltd.” kompaniyasi bilan Sergeli tumanida joylashgan oilaviy poliklinikalarda zamonaviy texnologik laboratoriya tashkil etish loyihasi boʻyicha bitim imzolandi. Shuningdek, “Marafie Group” xolding korporatsiyasi rahbariyati bilan tumanda zamonaviy intensiv bogʻdorchilik loyihasini amalga oshirish va va yetishtiriladigan meva hosilini Toshkent shahrida qayta ishlab, tayyor mahsulot sifatida eksport qilishga kelishib olindi.