Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida “Hududgaztaʼminot”AJ mutasaddilari maʼlum qildi.
2024-2025-yillar kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlash uchun hududlarda 63,4 km tarmoqlar taʼmirlandi, ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlar uchun 59,1 km yangi gaz tarmoqlar qurildi.
Aholi va tadbirkorlik subyektlaridagi 282 mingdan ortiq maʼnan eskirgan gaz jihozlari xavfsiz, samaradorligi yuqori va energotejamkor jihozlarga almashtirilib, yillik 61,2 mln kub metr tabiiy gazni iqtisod qilishga erishilgan.