Kuzda immunitetni qanday qilib mustahkamlash mumkin?

    Bir guruh shifokorlar kuzda qanday qilib immunitetni mustahkamlash mumkinligi haqida ma'lumot berishdi.

    Xususan, immunolog Irina Yartseva kuzda immunitetni mustahkamlash uchun kechasi soat 21:00 da yotishni maslahat berdi. Uning aytishicha, uyqu vaqtida immunitet tiklanadi. Shifokor, shuningdek, terlash va sovib ketmaslik uchun ko'p qatlamli kiyim kiyishni maslahat berdi.

    Muntazam jismoniy faoliyat samaradorlik va ish faoliyatini saqlab qolishga yordam beradi. Shifokorning so'zlariga ko'ra, o'zingizga g'amxo'rlik qila bilish juda muhim va faqat bu holatda immunitet mustahkamlanib, viruslar va infektsiyalarga qarshi tura oladi.

    Pediatr-immunolog, tibbiyot fanlari doktori, professor Andrey Prodeus immunitetni mustahkamlash uchun uyqu rejimiga rioya qilishni maslahat berdi. Uning fikricha, ratsional ovqatlanish ham zarur. Xususan, mahsulotlar tarkibida temir va vitamin D bo'lishi kerak. Bundan tashqari, u grippga qarshi emlanishga chaqirdi.

    KEG kompaniyasi bosh direktori, immunolog, tibbiyot fanlari nomzodi Nikolay Kryuchkov immuniteti zaif odamlarga tez-tez ochiq havoda bo'lishni maslahat berdi. Shuningdek, u emlash, ob-havoga qarab kiyinish kerakligini ta'kidladi.