“Langar” qoʻrgʻonidagi ikkita dor yoʻli faoliyatiga qatʼiy taqiq qoʻyildi

    Texnik nosozliklar toʻliq bartaraf etilgunicha va qonuniy ruxsatnoma olingunicha dor yoʻllardan foydalanish qatʼiy taqiqlandi.

    Masʼullar tomonidan Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi “Langar” qoʻrgʻonida tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻrnatilgan dor yoʻllarining texnik holati oʻrganildi, deya xabar beradi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi axborot xizmati.

    Tekshiruv jarayonida 2 ta dor yoʻli belgilangan talablarga javob bermasligi maʼlum boʻlgan. Texnik nosozliklar toʻliq bartaraf etilgunicha va qonuniy ruxsatnoma olingunicha dor yoʻllardan foydalanish qatʼiy taqiqlandi.

    Qoʻmita aholini madaniyat va istirohat bogʻlari hamda koʻngilochar maskanlarda oʻrnatilgan texnik nosoz yoki shubhali attraksionlarga duch kelganda “attraksion_nazorati” elektron mobil platformasi orqali murojaat qilishga chaqirdi.