Mahalliy aholi bilan suhbatlashib, 1980-yillarda gilam toʻqigan, bugun 60 yoshdan oshgan onaxon ishni davom ettiradigan boʻldi. Onaxonga Shahrisabzdan zarur uskuna keltirib berildi. Nihoyat 22 kun deganda oʻsha mashhur Langar gilami toʻqildi.
Qirq yildan soʻng dastgoh qarshisiga oʻtirgan onaxonning ilk mahsuloti 1 mln soʻmga sotildi. Hozirda mahalla xotin-qizlari ham oʻnga yaqin shunday gilamlarga buyurtma olishgan.