Joriy yilning 15-iyun kuni soat 08:30 larda Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani Sultoniya koʻchasida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga koʻra, 1978-yilda tugʻilgan I.S. boshqaruvida boʻlgan “Isuzu” rusumli avtobus hamda 1991-yilda tugʻilgan I.M. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan.
YTH oqibatida “Lasetti” avtomashinasi haydovchisi olgan tan jarohatlari tufayli tibbiy muassasaga olib borilgan. Biroq tibbiyot xodimlarining saʼy-harakatlariga qaramasdan u vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.