Guvohlarning soʻzlariga koʻra, futbolchi Prati hududidagi chorrahada tramvayga borib urilgan Land Rover yoʻltanlamas avtomashinasini boshqargan. Zarba shunchalik kuchli boʻlganki, avtomobilning old qismi butunlay zararlangan va tramvay esa relsdan chiqib ketgan.

Sportchining oʻzi jarohat olmagan, biroq qoʻli ogʻriyotganini aytgan. 2020-yilda Italiya tema jamoasi safida Yevropa chempioni boʻlgan futbolchining avtomobilida uning qizi ham boʻlgan, uning ham ahvoli yaxshi. Ammo tramvay haydovchisi va yana ikki yoʻlovchi tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Voqea joyiga oʻz vaqtida yetib kelgan tez yordam xodimlari va politsiya hodisa sabablarini oʻrganmoqda. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, tramvay chorraxada svetoforning qizil chirogʻida oʻtgan, deyiladi mir24.tv saytida.