Tajribalarda stent qo'yilgan 300 nafar stenokardiyaga chalingan bemorlarga olti oy davomida har kuni lavlagi sharbati berildi. Sinov vaqtining oxirida ishtirokchilarning qon tomirlarining kengligi o'lchandi. Sharbatni iste'mol qilganlarda tomirlar ikkinchi guruhga qaraganda ikki baravar ko'p toraygani aniqlandi. Natijada, bemorlarga ikkinchi stentlash jarayonini o'tkazishga zarurat qolmadi.
Odatda, stenokardiya bilan og'rigan bemorlarning 16 foizi stent o'rnatilgandan keyin ikki yil ichida yurak yoki qon aylanishi bilan bog'liq jiddiy muammolarga duch keladi. Biroq, lavlagi sharbati iste'mol qilgan guruhda bu ko'rsatkich 7,5 foizga tushib, deyarli ikki baravar kamaydi.
Jamoa kelajakda yana tadqiqot o'tkazishni rejalashtirmoqda. Agar mazkur sabzavotning ushbu kasallikka foydali ekani o'z tasdig'ini topsa, lavlagi sharbati stenokardiya yoki yurak xuruji tufayli stent o'rnatilgandan keyin davolash vositasi sifatida foydalanilishi mumkin, deb xabar beradi lenta.ru.