Bugun 27-sentyabr kuni soat 18:00 da Qoʻqon shahridagi musiqali drama teatrida Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi qoshidagi “Lazgi” ashula va raqs ansambli katta konsert dasturini namoyish etadi.

Ushbu konsert dasturiga barcha fargʻonaliklar va viloyatga tashrif buyurgan mehmonlari taklif etiladi.

Konsertga kirish bepul. Ansambl ijodkorlari sanʼatga ixlosmand yurtdoshlarimiz uchun tayyorlangan ushbu konsert dasturi ularda katta taassurot qoldirishiga umid bildirishmoqda.