Janubiy Koreyada vatandoshimiz Mahmud Abdullayev tomonidan faoliyati yoʻlga qoʻyilgan “Lazzat” oʻzbek milliy restorani Koreyaning “SKY” telekanalida namoyish etildi.
“Hello plate” nomli koʻrsatuvda oʻzbek milliy taomlari va uning tayyorlanishi haqida soʻz yuritiladi. Restoran Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etiluvchi barcha tadbirlarda faol ishtirok etib keladi. Mahmud Abdullayev Seul shahri hokimiyati va Janubiy Koreya Turizm qoʻmitasining taklifiga binoan soʻnggi 7 yildan buyon oʻtkazilayotgan xalqaro taomlar koʻrgazmalarida milliy taomlar tayyorlab, faxrli oʻrinlarni egallab kelyapti, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.
“Lazzat” milliy taomlar restorani asoschisi va rahbari Mahmud Abdullayev 2020-yil 27-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan “Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Bugunga kelib vatandoshimiz Janubiy Koreyaning onlayn savdo bozorida va rivojlangan yetkazib berish kompaniyalari reytingida yetakchi oʻrinlarni egallab turibdi.