Bu haqda Bosh vazir oʻrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov oʻzining Facebookdagi sahifasida yozib qoldirdi.

21-dekabr kuni Fransiyaning eng yirik “Le Figaro” gazetasi YUNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan intervyusini chop etdi. Unda Azule xonim oʻzining xorijiy safarlariga oid xotiralari bilan boʻlishgan. Intervyu ham bosma nashrda, ham elektron tarzda taqdim etilgan.

YUNESKO rahbari oʻzida misli koʻrilmagan va betakror taassurotlar qoldirgan meʼmoriy yodgorliklar, tarixiy-madaniy anʼanalar va amaliyotlar haqida soʻzlar ekan, Oʻzbekistonni alohida eʼtirof etgan.

Azule xonim unda eng oʻchmas iz qoldirgan obida haqidagi savolga shunday javob berdi: “Men Oʻzbekistonning Samarqand shahrida Amir Temur dafn etilgan” Goʻri Amir“ maqbarasi hamda ”Registon" maydonidan juda katta taassurot olganman. Nafaqat yodgorlikning nihoyatda goʻzalligi bois, balki u yerda bir necha qabr mavjudligi uchun hamdir, uning hukmronligi davrida Markaziy Osiyodagi imperiyasi boshqaruvi yillarida Temurning sevimli nabirasi iltimosiga koʻra qurilgan maqbara ham shular jumlasidandir. Uning yana bir astronom nabirasi tomonidan qurilgan rasadxona ham oʻsha yerda joylashgan. Biz uni deyarli oʻrganmaymiz, bu esa ushbu imperiya tarixi xotiramizdan biroz koʻtarilganidan dalolat beradi.

Biroq, sheʼriyat, shuningdek, butun jahon buyuk tarixi bagʻoyatda samimiylik bilan bogʻlangan ushbu yodgorlik va toza muhitda butun ilmiy yutuqlar va yangiliklardan saqlanib qoldi.

Maʼlumot oʻrnida: “Le Figaro” - kundalik nashr etiladigan milliy fransuz gazetasi (1826-yilda tashkil etilgan). Adadi 313 ming nusxada chop etiladi. Le Figaroʻning elektron versiyasi qariyb 23,5 million kuzatuvchi bilan eng koʻp koʻrilgan 30 ta sayt orasida yetakchi hisoblanadi.

“Le Figaro” 2011-yilda nashr “Mobil aloqadagi eng yaxshi media” unvoniga sazovor boʻlgan.