Festivalda Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari ham ishtirok etayapti.
Tanlov dasturi doirasida rejissyor Shuhrat Mahmudovning “Matonat” filmi namoyish etildi.
Bugun festivalning kechki dasturlarida “Oʻzbek kinosi kuni” doirasida tanlovdan tashqari “101 reys” filmi katta ekranlarda taqdim etiladi.
Tadbirda “Ayol qismati” badiiy filmi ham ishtirok etadi. Shuningdek, Bahodir Umrzoqovning “Oyjamol” romani asosida ishlanyotgan “Besstыjiy vek” loyihasi taqdimoti ham kutilmoqda.
10-noyabr kuni Minsk kino muzeyida “MDH mamlakatlarining oltin toʻplami” dasturi doirasida Elyor Ishmuhammedovning “Sevishganlar” filmi namoyish etiladi. Bu haqida Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.