Ko'pchilik sayyohlar uchun sevimli bo'lgan Misr o'zining piramidalari va sirli maskanlari bilan ro'yxatning eng yaxshi mamlakatlar birinchiligida  qayd etilgan. To'qqizinchi va sakkizinchi o'rinlarda “Afrikaning issiq yuragi” Malavi va Nepal joylashgan.

Ummon ettinchi o'rinni egalladi, tog'lar va cho'llar bilan chegaradosh Hormuz bo'g'ozining go'zal manzaralari sayyohlarni befarq qoldirmaydi. Oltinchi o'rinda Angilya — sharqiy Karib dengizidagi marjon oroli turibdi. Sloveniya beshinchi o'rinda. Aytgancha, bu yil gid Mishel ushbu mamlakatdagi ettita restoranga yulduzlarni taqdim etdi.

To'rtinchi va uchinchi o'rinlarda Karib dengizi bilan yuvilgan Beliz davlati va Mavrikiy joylashgan. Ikkinchi o'rinda “eng baxtli” mamlakat Norvegiya qayd etilgan. Birinchi o'rinni sayyoramizning eng go'zal joylaridan biri bo'lgan Kuk orollari egalladi.

“Nihoyat, uzoq vaqtdan beri kechiktirilgan sayohat rejalarini qayta tiklash va ularni hayotga tatbiq etish vaqti keldi", dedi Lonely Planet vitse-prezidenti Tom Xoll.

eng yaxshi shaharlarga kelsak, Oklend (YAngi Zelandiya) birinchi o'rinni egallagan bo'lsa, ikkinchi o'rinni Tayvanning Taypeyi band etdi. Keyinchalik Frayburg (Germaniya), Atlanta (AQSH), G'arbiy Afrikadagi Lagos (Nigeriya) – ketma-ketlikda ro'yxatdan joy oldi. Oltinchi o'rinda Kipr poytaxti Nikosiya, ettinchi o'rinda Irlandiyaning Dublin shahri joylashgan. Kuchli o'nlikdan Merida (Meksika), Florentsiya (Italiya) va Kyonju (Janubiy Koreya) ham o'rin olgan.