Qayd etilishicha, 10 nafar arxeolog mutaxassislardan iborat mazkur delegatsiya aʼzolari may – iyun oylarida “Quva shahristoni“ yodgorligida FarDU olimlari va tadqiqotchi-talabalari ishtirokida xalqaro ilmiy qazuv ekspedsiyasida ishtirok etadi.
Uchrashuvda, LATI tomonidan Oʻzbekiston – Xitoy arxeologiya qoʻshma kafedrasi qoshidagi ilmiy laboratoriya uchun olib kelingan texnik jihozlar tavsifi, xalqaro qazuv ekspedetsiyasini tashkil etish, FarDUning 15 nafar talabasi iyul – avgust oylarida oʻquv stajirovkasiga yuborish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Qayd etish joizki, mazkur hamkorlik doirasida joriy yilda LATIning 950 ming AQSH dollari miqdoridagi investitsion begʻaraz mablagʻlari oʻzlashtirilib, ularning asosiy qismini labarotoriya jihozlari, qazuv tadqiqot ishlari va stajirovkalarni tashkil etish uchun sarflangan mablagʻlar tashkil etadi.
Shuningdek uchrashuvda Loyanglik yirik tadbirkor “CNNC Henan Energy Co., Ltd” kompaniyasi direktori Xue Haiyang bilan ham muzokalar oʻtkazilib, investor tomonidan FarDUga ishlab chiqarish bilan bogʻlik Xitoy investitsiyalarini kiritish masalalari muhokama qilindi.
Hamkorlik materiali