“Jirgʻa tinchlik muzokaralari boshlanishi yoʻlidagi toʻsiqliklarni bartaraf etish, qon toʻkilishini toʻxtatish va maqsadga muvofiqlikni taʼminlash uchun Tolibonning 400 nafar mahbus aʼzosining ozod qilinishini maʼqullaydi”, deya qaror matnidan iqtibos keltirgan “Tolo News” telekanali.
“Tolo News” manbalarining taʼkidlashicha, hujjatning yakuniy matni biroz tuzatishlar bilan yaqin orada eʼlon qilinadi.
Rossiyaning TASS axborot agentligi xabar berishicha, Afgʻoniston Prezidenti Ashraf Gʻani Loyi Jirgʻa qatnashchilariga yakshanba kuni yakuniga qadar qamoqda saqlanayotgan 400 nafar mahbusni ozod qilish toʻgʻrisidagi farmonni imzolashini aytdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.