— Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda shifokorlar bizning yetakchilarimizga aylandi, butun sogʻliqni saqlash tizimi oyoqqa turdi. Garchi bugun virus ustidan gʻalaba qozongan boʻlsakda, biz kurash surʼatini pasaytirmaymiz. Koronavirus ustidan batamom gʻalabaga erishilganidan soʻng, biz hozir xizmatda boʻlgan shifokorlarimiz bilan alohida uchrashamiz», — dedi prezident vrachlarga murojaat qilib.
Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, hozirgi kunda mamlakatda 62,424 kishi koronavirus bilan kasallangan, 398 kishi vafot etgan.