Unda tashkiliy masala koʻrilib, jamoaga madaniyat vazirining yangi tayinlangan oʻrinbosarlari tanishtirildi, deya xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-sentyabrdagi qaroriga muvofiq Baxodir Madjidovich Axmedov madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
U mazkur tayinlovga qadar madaniyat vazirining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-oktyabrdagi qaroriga asosan Avazxon Baxadirovich Tadjixanov madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Adliya vazirligi “Konvension markaz majmuasi direksiyasi” DUK direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-sentyabrdagi qaroriga muvofiq Yusufjon Kamoldinovich Usmonov madaniyat vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Mazkur tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Iqtisodiyot, davlat investitsiya dasturlari va jamoat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini audit qilish shoʻbasi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.