Dekabr oyida maʼnaviyat va madaniyat masalalari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda Madaniyat vazirligi va viloyat hokimlariga berilgan topshiriqlar ijrosi joylarda sust kechayotgani qayd etildi.
Jumladan, viloyat hokimlariga bu yil mahalliy byudjetdan mablagʻ ajratib, har bir tumanda sahnali zal, kutubxona, kinozal va toʻgarak xonalari boʻlgan 1 tadan madaniyat markazini barpo etish topshirigʻi berilgan.
Lekin, bu markazlarni qayerda qurish boʻyicha manzilli roʻyxatning oʻzi hali tasdiqlanmagani tanqid qilindi.
Madaniyat vazirligi tizimida “Oʻzbekteatr” muassasasi va “Madaniyat taʼlimi markazi” faoliyatini boshlagani yoʻq.
Mutasaddilar ushbu topshiriqlarning ijrosini oʻz vaqtida taʼminlashi shartligi haqida ogohlantirildi.