“Madaniyatlar kuni” festivali boʻlib oʻtdi

    Tadbir davomida talabalar turli davlatlar madaniyatini aks ettiruvchi sahnalashtirilgan dasturlarni namoyish etdi.

    JDPU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan tashkil etilgan «Culture Day» – Madaniyatlar kuni festivalida Xorijiy tillar fakultetining II bosqich talabalari Hindiston, Turkiya, Oʻzbekiston, Ispaniya, Italiya, Gruziya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Buyuk Britaniya, Koreya va AQSH davlatlarining madaniyatini namoyish etdi.

    Tadbir davomida talabalar turli davlatlar madaniyati xususan, ularning taomlari, raqs va musiqa sanʼati, milliy bayramlari va urf odatlari, tarixiy shaxslari, davlat arboblari, kino olami, sport va milliy liboslarini aks ettiruvchi sahnalashtirilgan dasturlarni namoyish etdi.

    Tadbirda universitet talabalari, oʻqituvchilar, ota-onalar, Jizzax shahar maktablari va litsey oʻqituvchilari, va boshqa tashkilotlardan mehmonlar taklif etildi.

    Ingliz tilini oʻrganish va taʼlimda madaniyatlararo muloqotning roli beqiyosdir. Madaniyat bizning kimligimizning mohiyatidir. U bizning eʼtiqodlarimiz, urf-odatlarimiz, tillarimiz, sanʼatimiz va urf-odatlarimizni oʻz ichiga oladi, bizning shaxsiyatimiz va jamoalarimizni shakllantiradi. Tashkil etilgan «Madaniyatlar kuni» festivalida ana shu jihatlarga eʼtibor qaratildi.