Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 2022 yil 14 fevraldagi qaroriga asosan, “Mahalla” xayriya jamoat fondining Xorazm viloyat bo'limi, bo'lim huzurida tashkil etilgan “Saxovat va ko'mak” jamg'armasiga tushgan mablag'lar hisobidan ushbu xonadon sohibasi Ozoda Davletovaga yordam ko'rsatdi. Uning plastik kartasiga 25 million so'm miqdorda moddiy yordam pulini o'tkazib berdi.
Bu kabi yordam, “Mahalla” xayriya jamoat fondining Xorazm viloyat bo'limi, bo'lim huzurida tashkil etilgan “Saxovat va ko'mak” jamg'armasi tomonidan muntazam amalga oshirilib, ehtiyojmand oilalar, nogironligi bor va surunkali kasalligi mavjud, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko'rsatilmoqda. Bu esa ularning hayotdan rozi bo'lib yashashiga xizmat qilmoqda.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi
Xorazm viloyat bo'limi matbuot xizmati