Filmda mahallalar, ularning jamiyat hayotidagi oʻrni va ahamiyati, mahalla faollari tomonidan oʻtkazilayotgan turli xayriya ishlari haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, mamlakatimizda yangi tashkil etilgan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan olib borilayotgan ishlar aks ettiriladi.

Kinoijodkorlar film orqali mahalla ijtimoiy hayotimizdagi muhim tarmoq ekanligini koʻrsatishni maqsad qilishgan. Filmning suratga olish ishlari Toshkent shahri va Samarqand viloyatlarida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Premyera esa noyabr oyida boʻlishi kutilmoqda.

Film postanovkachi rejissyori Ilhomjon Haydarov, ssenariy muallifi Shoyim Boʻtayev, operator Abror Sodiqov.