Oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash orqali ularda “huquqbuzarlikka qarshi immunitet” yaratish boʻyicha tizim qilish zarurligi taʼkidlandi.

Oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish va kasbga yoʻnaltirish, tarbiyasi va oʻqishida muammo boʻlgan oʻquvchilarning ota-onalari va mahalla faollari bilan birga ishlab, muammolarni yechishga qaratilgan aniq choralarni koʻrish muhimligi qayd etildi.

Mahalla raislari har oy maktablarda ota-onalar bilan uchrashib, mahalla va maktabdagi muhitni muhokama qilishi maqsadga muvofiq ekani koʻrsatib oʻtildi.

Maktablarda taniqli shoir va yozuvchilar, sportchilar, faxriylar, jamiyatda obroʻga ega insonlar bilan uchrashuvlarni koʻpaytirish lozimligi aytildi.

Bolalar tarbiyasini yaxshilashga, ota-onalar dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan milliy kontentni mahalla va taʼlim muassasalariga yetkazib turish topshirildi.