Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, xizmatlar koʻrsatish jarayonlarini soddalashtirish va tezlashtirish maqsadida:

- ehtiyojmand toifani belgilash boʻyicha mezonlar ishlab chiqiladi va aynan qanday yordamga muhtojlik borligi aniq belgilab beriladi;

- har bir muhtoj fuqaro boʻyicha individual ijtimoiy xizmatlar dasturi boʻladi.

Mahalladagi “yettilik” uchun ijtimoiy xizmatlar boʻyicha yagona savolnoma joriy qilinadi.

Mahalladagi barcha ijtimoiy xizmatlarni bosqichma-bosqich ijtimoiy xizmat koʻrsatish shartnomasi orqali taqdim etish yoʻlga qoʻyiladi.