Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.A.” MCHJ tomonidan Angren shahridagi 2 ta koʻchaga ichimlik suv tarmoqlarining rekonstruksiyasi jarayonida haqiqatda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali 579,6 mln. soʻmlik byudjet mablagʻlari talon-toroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyatning sobiq rahbari R.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.