Shu bois, so‘nggi yillarda mamlakatimizda mahalla institutining rolini kuchaytirish, uni huquqbuzarliklarning oldini olishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Mahalla — bu nafaqat ma’muriy birlik, balki insonlar o‘zaro mehr, ishonch va mas’uliyat asosida yashaydigan ijtimoiy muhitdir. Shu sababli, “Xavfsiz mahalla – xavfsiz jamiyat” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar har bir fuqaroning hayot sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. So‘nggi yillarda mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida bir qator innovatsion tashabbuslar amalga oshirildi.

Jumladan: “Mahalla patruli” tizimi yo‘lga qo‘yildi — bu orqali aholining o‘zaro ogohligi va hamjihatlik madaniyati mustahkamlanmoqda. Videokuzatuv tizimlari o‘rnatilib, jinoyatlarning oldini olish va tezkor aniqlash imkoniyati kengaydi. “Mahallabay” tizimi orqali har bir xonadon bilan manzilli ishlash amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Huquqiy savodxonlik tadbirlari orqali, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikka qarshi mafkura va ijtimoiy immunitet shakllantirilmoqda. Bu tashabbuslar natijasida ko‘plab hududlarda jinoyatchilik darajasi kamaygani, yoshlar o‘rtasida ijobiy muhit mustahkamlanayotgani kuzatilmoqda. Mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha raqamli xavfsizlik tizimini joriy etish — videokuzatuv, mobil ogohlantirish ilovalari
va “raqamli profilaktika” mexanizmlarini yaratish, davlat va fuqarolik hamkorligini kuchaytirish — huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari va Nodavlat notijorat tashkilotlarlar o‘rtasida yagona “Xavfsiz mahalla” platformasini shakllantirish.

Mahalla yettiligidagi xodimlarni hududlar bo‘yicha tayinlashda – аsosan mahalladagi yoshlar yetakchisi hamda xotin-qizlar faolini o‘zi doimiy yashaydigan hududdan tayinlash. Kriminogen vaziyat og‘ir mahallalarda yashovchi fuqarolarni yaqindan bilishi va ular bilan bevosita ishlashini osonlashtiradi hamda uzoq hududdan qatnab ishlaydigan yoshlar yetakchisi hamda xotin-qizlar faolining vaqtini hamda yo‘l harajatlarini tejashga olib keladi.

Mahalladagi jinoyatchilar bilan ishlash – kriminogen vaziyat og‘ir mahallalarda qayta tiklash markazlari va reabilitatsiya dasturlarini yo‘lga qo‘yish, bunday markazlar jinoyatchilarni jamiyatga qayta integratsiya qilish va ularga ijtimoiy, psixologik yordam ko‘rsatish orqali kelgusida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olishga yordam beradi.

Mahalladagi ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlashni samarali mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish – tuman-shahardagi davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli (xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish va boshqa xizmat turlari)dagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan har oyda mahallaga (elektron imzo bilan) taqdim etish. Mahalla idorasida “Bo‘sh ish o‘rinlari” ochiq platformasi yaratilsa platforma orqali mahalladagi ishsiz fuqarolar o‘zlariga mos ishlarni tanlash imkoniyati yaratiladi, tuman-shahar markaziga bormasdan, mahalladan turib ish topish imkoni yaratiladi va ishsizlar soni kamayishiga erishiladi va bu bilan jinoyatilikni oldini olishga xizmat qiladi.

Mahalla hududlaridan o‘tgan avtomobill yo‘llariga radarlar o‘rnatish - yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish orqali transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar sezilarli ravishda kamayishiga va oldi olinishiga erishiladi.

Mahalladagi ko‘p qavatli uylarining kirish eshiklariga barmoq izlari, yuzni taniydigan (Face ID) yoki mikrochip tizimida ishlaydigan qulflarni o‘rnatish orqali ko‘p qavatli uylarning podezdlarida fuqarolarga tegishli bo‘lgan mulklari ya’ni velosipedlari va boshqa ko‘char mulklarini xavfsiz saqlanadi hamda o‘g‘irlik jinoyatlari oldi olinadi.

Mahallaning xavfsizligini ta’minlash faqatgina mahalla yettiligining vazifasi emas — bu har bir fuqaroning burchidir. Ota-onalar farzandlariga huquqiy madaniyatni o‘rgatmasa, qo‘shni qo‘shnisiga befarq bo‘lsa, hech qanday tizim kutilgan natijani bermaydi.

Shu bois, har bir inson o‘z mahallasida tartib, hurmat va birdamlik muhitini saqlashga hissa qo‘shishi lozim, shundagina mahalla nafaqat xavfsiz, balki farovon maskanga aylanadi.

Xulosa o‘rnida, bugungi kunda mahalla tizimi mamlakatimizda ijtimoiy barqarorlikning asosiy tayanchi sifatida e’tirof etilmoqda. Xavfsizlik, huquqiy madaniyat va hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslar nafaqat jinoyatchilikning oldini oladi, balki fuqarolarda o‘z mahallasiga egalik tuyg‘usini kuchaytiradi.

Tinch va xavfsiz mahalla — bu mustahkam jamiyat poydevori, ertangi farovon hayot kafolatidir.

 

G.Yusupdjanova,
Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi o‘qituvchisi. 

 A.Abdurashidov,
Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi o‘qituvchisi.