Barcha yo'lovchilar avtovokzal va avtostantsiyalar hududiga kirishdan oldin tana harorati o'lchanadi.
Tana harorati 37 S dan yuqori bo'lmagan yo'lovchilar dezinfektor yordamida zararsizlantiriladi. Barcha yo'lovchilar avtovokzal va avtostantsiyalar hududiga hamda avtobus transportlariga bir martalik himoya niqoblarida kiritiladi.
Tana harorati 37 S dan yuqori bo'lgan yo'lovchilarga avtovokzal va avtostantsiya xizmatlaridan foydalanishiga ruxsat berilmaydi.
Yo'lovchilar avtovokzal va avtostantsiyalarida ijtimoiy masofani saqlashlari hamda yo'naltiruvchi maxsus tasmalar bo'ylab harakatlanishlari shart.
Avtovokzal va avtostantsiyalar hududlarida yo'lovchilarning (uch tadan ortiq) to'planishlari qati'yan taqiqlanadi (oila a'zolari bundan mustasno).
Avtovokzal va avtostantsiyalarida umumiy ovqatlanish, xizmat ko'rsatish va savdo shohobchalarining faoliyat yuritishlari ta'qiqlanadi. (karantin qoidalariga amal qilgan holda, oziq-ovqat do'koni va dorixonalar faoliyati bundan mustasno)