Jumladan, mahkum B.O. murojaat qilib, shaxsiy va oylik maoshlarini undirishda yordam soʻradi. Aniqlanishicha, murojaatchi avval Navoiy shahar 11-son jazoni ijro etish muassasasida saqlangan. U Boʻka tumanidagi mazkur muassasaga oʻtkazilganda oylik maoshlarini ololmagan. Mazkur murojaat mintaqaviy vakil nazoratiga olinib, mahkum B.O.ning shaxsiy va oylik ish haqlari Ombudsman kotibiyati masʼul xodimlari yordamida Boʻka tumani hududidagi 43-son manzil koloniyasiga oʻtkazib berildi.

Shuningdek, mahkum R.Z. jigar-buyrak yetishmovchiligi, jigar serrozi bilan kasallanganligini, 3 marotaba Boʻka tumanidagi infeksion kasalxonada davolanganligini qayd etdi. Lekin, shunga qaramay ahvoli ogʻirlashib borayotgani va oilaviy sharoiti ogʻirligi sababli, yoʻllanma orqali (order) Virusologiya ilmiy-tekshirish institutida davolanishida amaliy yordam soʻradi.

Mahkum Z.R. murojaati boʻyicha Toshkent viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasiga Mintaqaviy vakil tomonidan rasmiy xat yuborilib, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi yordamida mahkum Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti filiali hisoblangan Chirchiq shahridagi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)

Axborot xizmati