Loyiha bilan tender oʻtkazish orqali Toshkent shahrida maishiy chiqindilarni toʻplash, saralash, olib chiqish va qayta ishlash vazifalarini DXSH asosida investorga oʻtkazish belgilanmoqda. Uning asosiy shartlari:
DXSH toʻgʻrisidagi bitim 30 yilga tuziladi;
maxsus texnikalarni, bino-inshootlari, chiqindi yigʻish maydonlari, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari va Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan yangi maishiy chiqindi poligonini barcha mol-mulklari bilan birga xususiy sherikka vaqtinchalik foydalanishga berish;
investor tomonidan 2025-2051-yillarda Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish, tashish, saralash va qayta ishlash ishlarini tashkil etishga kamida 3 trln. soʻm mablagʻ yoʻnaltirish;
Toshkent shahrida hosil boʻlayotgan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini amaldagi 8 foizdan kamida 60 foizga yetkazish;
2023-yildan boshlab barcha tumanlarda chiqindilarni bosqichma bosqich “qayta ishlanadigan”, “qayta ishlanmaydigan”, “organik”, “xavfli maishiy chiqindilar” va boshqa toifalarga ajratgan holda yigʻish tizimini joriy etish.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.