Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Mehnat organlari xodimlarining malakasini oshirish respublika kurslari mansabdor shaxslari, “A” xususiy korxonasi rahbari va boshqalar oldindan til biriktirib, oʻrtacha bozor bahosi 338,4 mln soʻmni tashkil etuvchi 126 dona turli maishiy texnika vositalarini 653,1 mln soʻmga yaʼni, 314,7 mln soʻmga qimmat narxlarda xarid qilishib, byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.