Bu haqda bandlik vazirligi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, paxta yigʻim-terimi mavsumida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek, mehnat qonunchiligiga rioya etilishini taʼminlash maqsadida monitoring ishlari olib borilmoqda.

Shu yilning 10-20-sentyabr kunlari oʻtkazilgan monitoring davomida 300 dan ortiq terimchilar bilan mavsumiy mehnat shartnomalari tuzilishida amaliy yordam koʻrsatildi.

Shuningdek, 11 holatda mehnat qonunchiligi buzilishi aniqlanib, mansabdor shaxslarga MJtK 49-moddasiga asosan javobgarlik choralar belgilandi.

Majburiy mehnatga yoʻl qoʻygan 3 nafar mansabdor shaxsga MJtK 51-modda 1-qismiga binoan chora koʻrildi.