Fargʻona viloyat hokimligi qabullar uyida hokim oʻrinbosari Alibek Tursunov, AQSH Mehnat vazirligi Xalqaro mehnat masalalari boshqarmasining Odam savdosi, majburiy mehnat va bolalar mehnati masalalari boʻlimi vakillari Margaret Jungk, Sara Solomon hamda AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakili Sara Bekkerni qabul qildi.

Tashrifdan maqsad odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida mamlakatimizda, shu jumladan, viloyatimizda amalga oshirilgan keng koʻlamli ishlarning natijalari bilan tanishish, mahalliy pillachilik korxonalari vakillari ishtirokida uchrashuvlar oʻtkazishdan iborat.

Muloqot chogʻida ipakchilik tarmogʻida majburiy mehnat va bolalar mehnatidan bundan bir necha yillar avval voz kechilgani, bugungi kunda ushbu sektorda bolalar mehnati va majburiy mehnatdan umuman foydalanilmayotgani tushuntirib oʻtildi. Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini taʼminlash masalasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasida ham fikr almashildi.

AQSHlik mutaxassislar savollari asosida viloyatda pillachilik boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, bu sohadagi klasterlar faoliyati, doimiy va mavsumiy ishchi-xodimlar bandligini taʼʼminlash borasida ish tajribalar haqida maʼlumotlar taqdim qilindi.

Mehmonlar Margʻilon shahridagi “Nurli tong silk” MCHJ, “Vodiy marjoni” XK hamda “Hunarmandlar markazi” ish faoliyati, ishch-xizmatchilarga yaratib berilgan sharoitva imkoniyatlar bilan tanishdi.

Rasuljon Kamolov,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.