Mutasaddilarga “maktab – ota-ona – mahalla” zanjiri asosida elektron muloqot platformasini ishga tushirish topshirildi.
Yoshlar oʻrtasida ommalashgan ijtimoiy tarmoqlarni tahlil qilib, ularning zararli taʼsiridan himoyalash va ijobiy tomonidan foydalanish boʻyicha ota-onalar va oʻquvchilarga sodda tilda qoʻllanmalar yaratish muhimligi qayd etildi.
Shuningdek, maktabga moslashish va kitobni sevishga oʻrgatish, yaxshi xulqli boʻlish, atrofidagilar bilan muloqot qilishni oʻrganish va bilim olishga kuchli ishtiyoqni shakllantirish, kasb tanlash, jamiyatga moslashish, katta hayotga qadam qoʻyishda farzandlarga qanday yoʻl-yoʻriq berish zarur, degan savollar yuzasidan ota-onalar uchun xalqchil tilda materiallar tayyorlanadi.
“Yuqorida aytilgan tashabbuslar amaliyotda yoʻlga qoʻyilsa, ota-onada masʼuliyat, oʻqituvchida majburiyat, oʻquvchida ishonch, taʼlim va tarbiyada sifat, mahallada esa nazorat boʻladi”, - dedi davlatimiz rahbari.