Respublikadagi 10 mingga yaqin xalq taʼlimi muassasalarining barchasiga optik tolali aloqa liniyalarini qurish boʻyicha ishlar olib borilmoqda;

Karantin rejimi eʼlon qilingan vaqtdan boshlab oʻquvchilarga uyda fanlarni bemalol oʻzlashtirishlari uchun barcha mahalliy tarmoq va mobil operatorlari tomonidan taʼlim axborot-resurslari joylashtirilgan veb-saytlarga bepul kirish taʼminlandi;

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda 3 ta televizion kanal tashkil etildi. Ushbu kanallar orqali televizion videodars mashgʻulotlarini respublika boʻyicha bepul tarqatish yoʻlga qoʻyildi;

Masofaviy taʼlim berishda ustoz va murabbiylar uchun mobil aloqa xizmatlaridan qulay shartlarda foydalanish uchun maxsus “Taʼlim” tarif rejasi joriy etilgan. Hozirgi kunda ushbu tarif rejasiga yana-da koʻproq qulayliklar kiritilmoqda.

Masofaviy taʼlim uchun yana-da koʻproq qulayliklar yaratish maqsadida alohida imtiyozli “Maktab” tarif rejasi ishlab chiqilib, hozirda joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda;

Yil boshidan bugungi kunga qadar internet tarmogʻiga keng polosali ulanish imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida 9 ming kilometrdan ortiq optik tolali aloqa liniyalari qurildi. Qurilgan optik tolali aloqa liniyalarining asosiy qismi ijtimoiy soha obyektlari uchun tashkil etildi.

Foydalanuvchilar uchun yana-da kengroq imkoniyatlar yaratish magistral telekommunikatsiya tarmoqlarining oʻtkazuvchanlik qobiliyati viloyat markazlari darajasida 2 barobar, tuman markazlarigacha esa 4 barobar oshirildi;

Mobil aloqa xizmatlari qamrovini kengaytirish va xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida 1 375 ta qoʻshimcha yangi mobil aloqa baza stansiyasi oʻrnatildi va 3000 dan ortiq mavjud baza stansiyalari yuqori tezlikdagi internet texnologiyalari asosida modernizatsiya qilindi;

Yil yakuniga qadar yana 4 ming kilometrdan ortiq optik tolali aloqa liniyalari quriladi va 800 dan ortiq qoʻshimcha yangi baza stansiyalari oʻrnatiladi.