Unda forma masalasiga alohida toʻxtalib oʻtildi.
Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 666-son qaroriga koʻra, maktablardagi bolalar oʻrtasida tabaqalanishni oldini olish, ijtimoiy tenglikni taʼminlash hamda bolalarni fikrini oʻqishga yoʻnaltirish koʻzda tutilgan.
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasida aholi turli millat va diniy konfessiyalar vakillaridan iboratligi hamda majburiy umumiy oʻrta taʼlim dunyoviy xarakterga egaligi munosabati bilan oʻquvchilarning maktab formasiga turli din va konfessiyalar xamda turli submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (hijob, kipa, kashaya, xoch va boshqalar) qoʻshishga yoʻl qoʻyilmasligi koʻrsatilgan.
Joriy oʻquv yilidan qizlar uchun istisno tariqasida milliy qadriyatlarimizni inobatga olgan holda maktabda oq va ochiq ranglarda milliy roʻmol (boshning orqa tomonidan oʻralgan holatda) va doʻppida boʻlishlariga ruxsat etiladi.