Tashrif davomida Chiroqchi tumani hokimi Xurram Joʻrayev delegatsiyaga hamrohlik qildi.

Ular kollejdagi shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishdilar. Kollejda 6 yoshli bolalarni boshlangʻich taʼlimga majburiy bepul qamrab olish yuzasidan tashkil etilgan guruhlar faoliyatini oʻrgandilar.

Soʻngra vazir mahalliy byudjet hisobidan 1 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ evaziga kapital taʼmirlanayotgan tumandagi 15-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotiga bordi hamda olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlarini koʻzdan kechirdi.

Tashrif davomida Agrippina Shin Chiroqchi tumanida maktabgacha taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha Maktabgacha taʼlim viloyat boshqarmasiga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berdi.