Kuala-Lumpurdagi “Merdeka 118” osmono'par binosi ofislar, hashamatli kvartiralar va savdo markazini o'z ichiga olgan majmuadir. Uning qurilishi 2014-yilda boshlangan. Qurilish tugagach, 679 metrli inshoot dunyodagi ikkinchi eng baland binoga aylandi. Birinchi o'rinda Dubaydagi 163 qavatli “Burj- Xalifa” osmono'par binosi bo'lib, uning balandligi 828 metr.
“Merdeka 118” Janubiy Koreyaning “Samsung C&T” korporatsiyasi tomonidan bunyod etildi, deb xabar beradi bigasia.ru.