Malayziyaning “Five Petroleum” kompaniyasi Oʻzbekistonda AYOQSH tarmogʻini qurmoqchi

    Mamlakatimizda 20 Yanvar 2025 742

    “Oʻzbekneftgaz“ AJ Boshqaruvi raisi va Malayziyaning “Five Petroleum” kompaniyasi bosh direktori oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi.

    Qayd etilishicha, uchrashuvda Oʻzbekistonda “Five Petroleum” brendi ostida yoqilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻini yaratish masalasi muhokama qilindi.

    Shuningdek, tomonlar Malayziya kompaniyasining mamlakat hududlarida transport-logistika infratuzilmasini yaratish imkoniyatlarini koʻrib chiqdilar.

    Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni mustahkamlash va respublika yoqilgʻi-energetika sektori uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan tashabbuslarni rivojlantirishga kelishib oldilar.