Joriy yilning 16-iyul kuni Malayziyaning yirik kompaniyalaridan biri “Rafahia Holding Berhad” kompaniyasi raisi Hisyammasri Bin Badrol boshchiligidagi delegatsiya Nurota tumaniga tashrif buyurib, investitsiya kiritish istagi borligini bildirgan edi.

Shu asosida Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev mazkur kompaniya raisi Hisyammasri Bin Badrol bilan videokonferensiya orqali muloqot qilib, muzokaralar olib bordi.

Xususan, kompaniya raisi Nurota tumanida yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtish istagini bildirdi va muloqot davomida tumanda turizmni rivojlantirish hamda togʻ- kon sanoati yoʻnalishida investitsiya kiritish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.